Mualliflarga
“Farmatsevtika” jurnali tibbiyot fanlar yo‘nalishdagi ilmiy
nashr bo‘lib, nazariy farmatsevtik kimyo, farmakognoziya, farmatsevtik texnologiya, farmakologiya, biotexnologiya, farmatsevtik biologiya,
farmatsevtik tahlil, klinik farmatsiya, toksikologiya, fitofarmatsiya,
farmatsevtik menejment, farmatsevtik marketing kabi sohalarda olib borilayotgan ilmiy-amaliy
tadqiqotlar, nazariy izlanishlar hamda innovatsion yondashuvlarni yoritishni
o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Jurnal farmasevtika fanlarining
rivojlanish tendensiyalarini tahlil etish, ilmiy va metodik yangiliklarni keng
jamoatchilikka yetkazish, tadqiqotchilar va amaliyotchi o‘qituvchilarning ilmiy
axborotga bo‘lgan ehtiyojlarini to‘laroq qondirish, shuningdek, zamonaviy ilmiy
hamkorlikni kengaytirishga xizmat qiladi. Jurnalning asosiy maqsadi — fan va
ta’lim tizimida olib borilayotgan ilmiy-amaliy izlanishlarni targ‘ib qilish, innovatsion
g‘oyalarni ommalashtirish, xalqaro tajribalarni milliy amaliyot bilan
uyg‘unlashtirish hamda ilmiy-tadqiqot natijalarini nashr etish orqali
respublikada ilm-fan rivojiga hissa qo‘shishdir.
Foydalanuvchilarga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligining 2024-yil 11-sentyabrdagi 392864-raqamli guvohnoma berilgan.
Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-oktyabrdagi 363/5-son qaroriga asosan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan
Toshkent sh. Olmazor tumani, 3A
+998 99 876 39 87
info@tgfu.uz
9:00 dan 20:00 gacha ish vaqti