Mualliflarga
“Falsafa”
jurnali ijtimoiy-gumanitar fanlar, xususan, falsafa fanining nazariy va
amaliy jihatlarini yoritishga ixtisoslashgan ilmiy-nazariy nashr
bo‘lib, inson, jamiyat, ong, qadriyatlar, ma’naviyat, madaniyat, tafakkur va
taraqqiyot kabi muhim falsafiy masalalarni chuqur tahlil qilish, zamonaviy
ilmiy qarashlarni ilgari surish va milliy falsafiy tafakkurni rivojlantirishni
o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yadi.
Jurnalda
quyidagi yo‘nalishlardagi ilmiy maqolalar va tadqiqotlar yoritiladi: Bilish
nazariyasi (epistemologiya), Ijtimoiy
falsafa, Aksiyologiya (qadriyatlar falsafasi, Madaniyatshunoslik va
sivilizatsiyalar falsafasi, Sharq va G‘arb falsafasi, Milliy
falsafiy tafakkur, Texnologiya va tafakkur, Falsafa
ta’limi va metodikasi kabi sohalarda olib borilayotgan
ilmiy-amaliy tadqiqotlar, nazariy izlanishlar hamda innovatsion yondashuvlarni
yoritishni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘yadi. Jurnalning
asosiy maqsadi — jamiyatda falsafiy dunyoqarashni shakllantirish, ilmiy tafakkurni chuqurlashtirish,
zamonaviy ijtimoiy-madaniy jarayonlarga falsafiy yondashuvni taklif etish hamda
milliy va jahon falsafiy merosi asosida gumanistik qadriyatlarni
targ‘ib qilishdir.
Shuningdek, jurnal falsafa fanining dolzarb
muammolarini yoritish, yangi ilmiy g‘oyalarni ilgari surish, yosh tadqiqotchilarni ilmiy
izlanishga jalb qilish, xalqaro ilmiy muloqotga xizmat qilish va falsafiy
bilimlarni amaliy hayotga tatbiq etishga ko‘maklashishdir
Foydalanuvchilarga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar Agentligining 2024-yil 11-sentyabrdagi 392864-raqamli guvohnoma berilgan.
Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 30-oktyabrdagi 363/5-son qaroriga asosan ilmiy nashrlar ro‘yxatiga kiritilgan
Toshkent sh. Olmazor tumani, 3A
+998 99 876 39 87
info@tgfu.uz
9:00 dan 20:00 gacha ish vaqti